Huawei 1
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumaniga hokim bo'ldi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani hokimi lavozimdan olindi. Uning o'rnini viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i egalladi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 12-avgust kuni Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi o‘zgarishi tashkiliy masala sifatida kiritilgan.

Sessiya davomida G‘ijduvon tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Umarov o‘z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etilgani aytib o‘tilgan va viloyat hokimi Botir Zaripov tuman hokimligiga ayni vaqtga qadar Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sherzod Аshurov nomzodini tavsiya qilgan.

Taklif Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Avvalroq, Avvalroq, Guliston, Payariq va Xiva tumanlariga yangi hokimlar ta'yinlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты