Buxoroda 4 kishini “prava” olib berishga ishontirgan “uddaburonlar” ushlandi

Prokuratura departamenti Buxoro viloyatida haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlarni fosh qildi

Ma'lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2 nafar fuqaro 4 kishining ishonchiga kirib, ularga "prava" olib berishini va'da qilgan. 

Bunda "uddaburonlar" tanishlari orqali ularni guvohnoma uchun o‘tkaziladigan imtihonni hal qilib berishiga ishontirgan. 

Buning evaziga 700 AQSH dollarini olib, yana 200 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Endi ular 168-moddaga asosan, 30 mln so'mgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 211-moddasiga asosan, 30 mln so'mgacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o'tamiz avval ham shu kabi holatlar O'zbekistonning 2 ta hududida, Jizzaxda, Toshkentda va Andijonda kuzatilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40401 | Инструменты