O'zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish hamda etno- va ekstremal turizm yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 15-mart kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida “Motocross” bo‘yicha ekstremal motopoygalar, “Drift Shou”, etnosport festivali va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, ushbu bayram tadbiri davomida taniqli san’atkor va ijodkorlarning konsert dasturi, folklor-etnografik xalq badiiy jamoalarining chiqishlari, sport musobaqalari hamda ralli va boshqa ekstremal turizm namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31410 | Инструменты