Huawei
Buxoroda fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalarini yozib bergan shaxslar aniqlandi

Buxoro viloyatining Olot tumanida fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman davlat arxivi mas’ul shaxslari 11 ta holatda fuqarolarga yer maydoni ajratilganligi to‘g‘risida soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berganliklari natijasida fuqarolar tomonidan ushbu ko‘chirmalar davlat xizmatlari markaziga taqdim qilingan.

Natijada o‘zboshimchalik bilan egallab olingan jami 1,65 ga yer maydoniga qurilgan uy-joylarga asossiz mulk huquqi e’tirof etilib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх