Huawei 1
Buxoroda tanishini pichoqlab o‘ldirib, uning onasini jarohatlagan erkak 23 yilga qamaldi

Buxoro viloyati Kogon shahrida tanishini pichoqlab o‘ldirib, uning onasini jarohatlagan erkakka sud hukmi o‘qildi. Holat 2024-yilning 13-oktabr kuni soat 13:10 atrofida sodir bo‘lgan. 53 yoshli A.G. avvaldan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida ishxonasiga kelgan tanishlari — 61 yoshli ayol N.A. va 29 yoshli yigit U.D. tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.

Oqibatda yigit shifoxonada olgan jarohatlari sababli vafot etgan. Uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahri sudi o‘tkazgan majlisda ayblanuvchi ona-bolani, shunchaki, qo‘rqitmoqchi bo‘lganini aytgan.

Sud unga Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan 20 yil, 25, 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ayblanuvchi tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 23 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22517 | Инструменты