Huawei 2
Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,4 mld so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Buxoro shahridagi bir qator tarixiy yodgorliklar “Xo‘ja Kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir Devonbegi” madrasalari hamda “Ark” majmuasi devorlarini restavratsiya va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishilgan.

O‘rganishda, ushbu yodgorliklarda bajarilgan ish hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yo‘li bilan restavratsiya va ta’mirlash ishlarida:

—  “Xo‘ja Kalon” masjidida 731 mln so‘m;
— “Xusayni” madrasasida 216 mln so‘m;
— “Nodir Devonbegi” madrasasida 90 mln so‘m;
— Buxoro shahri tarixiy markazi hududida joylashgan 74 ta obyektga manzil ko‘rsatgich belgilari o‘rnatish uchun ajratilgan 50 mln so‘m byudjet mablag‘i talon-taroj qilingani aniqlandi.

Bundan tashqari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari tomonidan 2,3 mlrd so‘m byudjet mablag‘i tovar-moddiy boyliklar sotib olish uchun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, amalda mablag‘lar talon-taroj qilingan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga