Huawei 1
Buxorodagi 7 ta tarixiy obida ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxoro 2020 yilda «Islom olami madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko‘rib chiqildi.  Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, Buxorodagi 7 ta — Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda, shuningdek, Iordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92017 | Инструменты