Huawei 1
Ukrainada harbiylar va davlat xizmatchilariga Telegram platformasidan foydalanish taqiqlandi

Ukrainada harbiy va davlat xizmatchilariga Telegram messenjeridan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qaror mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan qabul qilindi.

Kengash yig‘ilishida turli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va vazirliklarning vakillari ishtirok etdi. Messenjerning taqiqlanishini Ukraina razvedka xizmati rahbari Kirill Budanov ham qo‘llab-quvvatlagan.

“Men har doim so‘z erkinligi tarafdori bo‘lganman va himoya qilishda davom etaman, biroq Telegram masalasi so‘z erkinligi masalasi emas, bu milliy xavfsizlik masalasidir”, degan Budanov.

Mudofaa kuchlari vakillari Telegram messenjeridan dushman tomonidan faol ravishda kiberhujumlar uyushtirish, fishing va zararli dasturiy ta’minotni tarqatish, foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlash, raketa zarbalarini mo‘ljallash va shu kabi maqsadlarda foydalanilayotganini aytgan.

“Ushbu tahdidlarni imkon qadar kamaytirish maqsadida davlat hokimiyati organlari xodimlari, harbiylar, xavfsizlik va mudofaa sohasi xodimlari, muhim infratuzilma operatori hisoblangan korxonalarning xizmat qurilmalarida Telegram o‘rnatish va undan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Taqiq messenjerdan foydalanish xizmat vazifalarining bir qismi bo‘lgan shaxslar uchun mustasnodir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92019 | Инструменты