Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv taʼminoti xizmatlari tariflarining 15 foizga oshirilishi maʼqullandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Malayziyaning robototexnika yechimlari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi bo‘lgan "Meraque Group" bilan strategik hamkorlikka doir anglashuv memorandumini imzoladi.
Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan.
Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, tijorat banklari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari hamda hokimliklar xodimlari ekani ta’kidlandi.
Sudyalar Oliy kengashi masʼuli Tursunali Akbarovning maʼlum qilishicha, taraflar o‘rtasidagi muhokamadan so‘ng ish jarayonida sizib chiqadigan turli maʼlumotlar sud ishiga ijtimoiy bosim paydo qilishi oldini olish uchun sudya jarayonni yopiq tarzda o‘tkazish haqida ajrim chiqargan.
MHTI mutaxassislari 2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qonun bilan psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligi belgilanmoqda.
Milliy saylov tajribamizda ilk marotaba beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga, xavfsizligiga zid bo’lgan, davlataro milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, o’zbek xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar yoki harakatlar sodir etgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi.
Prezident Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muhokama qilingan qonun orqali amaliyotga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda.
Qonun bilan oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat ishni sudda ko‘rish jarayonida, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты