Huawei 1
Buyuk Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qildi

Buyuk Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10-yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to'g'risidagi sertifikatlarni rasman tan oladi.

Bunda agar hujjat egasi Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid va Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac. vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to'liq kursini tugatgan bo'lsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi.

Sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi. 

Shuningdek, PZR testi o'rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o'tish lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты