Chilonzor ko'chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtlarning ildiziga zarar yetkazilgan
Kecha, 6-avgust kuni Chilonzor koʻchasida yoʻl kengaytirilishi sabab daraxtlarga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev voqea joyiga tashrif buyurdi.
Mazkur qurilish-taʼmirlash ishlari jarayonida Chilonzor koʻchasidagi mavjud jami 101 tup daraxtlarga, shu jumladan, 92 tup eman, 1 tup chinor, 5 tup tut, 2 tup archa va 1 tup mevali behi daraxtlarining ildiz qismini shikastlanganligi aniqlandi.
Toshkent shahar hokimi tomonidan masʼullarga loyihadagi olti chiziqli avtomobil yoʻli oʻrniga toʻrt chiziqli avtomobil yoʻlini qoldirish, ortib qolgan joyni esa yashil hududga aylantirish topshirigʻi berildi.
Jahongir Ortiqxoʻjayev shahar prokuroriga ushbu loyihada qatnashgan barcha mutasaddilarga chora koʻrilishi zarurligini taʼkidladi. Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты