Huawei 1
Toshkentning Chilonzor tumanida yo‘l kengaytirilishi sabab ko'plab daraxlarning ildizi kesib tashlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda daraxtlarga e’tibor qaratilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Chilonzor tuman hokimligining xabar berishicha, hozirda tumanda qurilish ketayotgan hududlardagi daraxtlarning holati o‘rganilib, tuman ekologiya va atrof muhitni himoya qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, qurilish ishlari davomida ko‘chadagi kamida 7 ta daraxtlarning ildiziga shikast yetkazilgan, buning uchun quruvchi tashkilotga 261 mln so‘m jarima belgilandi. Bundan tashqari ko‘chadagi 100 ga yaqin daraxt shikastlangan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu daraxtlarning "yashab ketish" ehtimoli 50%dan past. 

Hozirda voqea joyiga bosh prokuror, Ekologiya qo‘mitasi raisi, Toshkent shahar hokimi va Prezident administrasiyasi vakillari yetib keldi, deya xabar bermoqda Uzreport TV muxbiri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11917 | Инструменты