Chilonzor tumanidagi ko‘pqavatli uylarga dastur bo‘yicha 40 dona lift keltirib o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi. Shu dastur doirasida yil boshida 3 dona yangi liftlar o‘rnatilgan bo‘lsa, hozirda yana 6 dona yangi lift keltirildi va belgilangan manzillarga yetkazildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jumladan, ayni damlarda tumanning “Bo‘rijar” mahallasida joylashgan 8-sonli ko‘pqavatli uyning 3- va 6-yo‘laklariga hamda 17-sonli ko‘pqavatli uyning 1-yo‘lagiga yangi liftlar o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, “Katta Navbahor” mahallasidagi 37-sonli ko‘pqavatli uyning 1-yo‘lagiga, “Naqqoshlik” mahallasi Bunyodkor ko‘chasidagi 39-sonli ko‘pqavatli uyning 1-yo‘lagiga hamda “Novza” mahallasi Bunyodkor ko‘chasidagi 11-sonli ko‘pqavatli uyning 5-yo‘lagiga yangi keltirilgan liftlar o‘rnatib berilmoqda.
Qayd etilishicha, dasturda belgilangan boshqa manzillarga ham liftlar bosqichma-bosqich olib kelib o‘rnatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53108 | Инструменты