Huawei 1
Chilonzor va Uchtepa tumanining ayrim joylariza issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 10-dekabr kuni Chilonzor va Uchtepa tumanining ayrim joylariza issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Ma'lum qilinishicha, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

Chilonzor tumani: S, 5, 6, 8, 9, 10, 16, 18 va 19-mavzelar.

Uchtepa tumani: 11-mavze.

Issiq suv va issiqlik taʼminoti avariyaviy ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan (bugun taxminan soat 23.00 ga qadar) tiklanadi.

"«Veolia Energy Tashkent» MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraydi va issiq suv hamda issiqlik taʼminotini tezda tiklash uchun oʻz tomonidan barcha zarur choralarni koʻradi",-deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53117 | Инструменты