Chilonzorda tergov bo'limining 4-qavatidan sakrab, joniga qasd qilgan 21 yoshli yigit ishi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Joriy yil 22-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida hojatxonadan pastga sakrab, vafot etgan. Bosh prokuratura bu ish bo‘yicha rasmiy bayonot bergandi

Aniqlanishicha, X.T. cho‘ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22-may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg‘ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan.

Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan. X.T.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29-may kuni shifoxonada vafot etgan.

Bosh prokuraturaning so'nggi xabariga ko'ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101422 | Инструменты