Huawei 1
"China Southern Airlines" O‘zbekistonga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirmoqda

"Uzbekistan Airports" va "China Southern Airlines" kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashuvchi mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda "China Southern Airlines" aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, "Uzbekistan Airports" kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qildi.

"China Southern Airlines" —  Guanchjou shahrida joylashgan xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni taklif etib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40223 | Инструменты