Toshkent viloyati Chinoz tumani “Yallama” qishlog‘ida 17 yoshli yigit sinfdoshi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 6 iyun kuni tunda sodir bo‘lgan.
Marhumning onasi o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalaganini taʼkidladi.
"O‘sha kuni o‘g‘lim telefon qilib, o‘rtoqlari bilan o‘ynagani ketayotganini aytdi. Mendan so‘roqsiz hech qayerga bormas edi. Qotillikni o‘zini sinfdoshi sodir qilgan",- deydi onasi.
Marhumning tog‘asi esa mazkur baxtsiz hodisani quyidagicha izohladi.
"Nega unday bo‘lganini bilmaymiz. Bizga sababi kerak va qonuniy chora ko‘rishingizni so‘raymiz. Ko‘milguncha ko‘zini yummadi, chunki jiyanim hali hayotga to‘ymagan edi".
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62100 | Инструменты