Huawei 1
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari o'rtasida bog'lovchi bo'g'in sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona me'yorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan o'tkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, ushbu yo'nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqaruvchi mas'ul davlat organi hisoblanadi.

2025-yil 1-martdan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik ko'rsatkichlarini aniqlash mezonlari tasdiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100421 | Инструменты