Huawei 1
Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani “Chingeldi” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekopartiya Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Mazkur holat Ekologik partiya Toshkent viloyat Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, “Toshkent suv ta’minot” MChJ Chirchiq shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish olib borildi. 

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Chirchiq daryosining Chingeldi hududidan o‘tgan qismiga Chirchiq suv tozalash inshootidan kelib quyilayotgan qayta ishlangan oqava suv massasi tashlanmoqda. Bu o‘z navbatida suvning tashqi ko‘rinishida, rangida kimyoviy moddalar mavjud ekani namoyon bo‘lgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray tumani hududida joylashgan sanoat korxonalari tomonidan mazkur oqava suv tizimiga me’yoridan ortiq kimyoviy moddalar oqizilayotgani, ushbu korxonalarda zamonaviy lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda mutaxasislar tomonidan suvdan laboratoriya tahlil uchun probalar olindi, o‘rganish davom etmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi sanoat korxonalarida oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizasiya qilish hamda yangilarini qurish choralarini ko‘rishga, suv tozalash inshootlari samaradorligini oshirish, ochiq suv xavzalariga tashlanayotgan suv sifatini me’yorlar darajasida bo‘lishini ta’minlashga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32413 | Инструменты