"O'zgidromet" 24-26-may kunlari kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 24 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°, 25-26 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24 mayda 15-20°, 25-26 mayda 17-22°, kunduzi 24-25 mayda 30-35°, 26 mayda 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 26 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-25 mayda 30-35°, 26 mayda 27-32° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 26 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 24-25 mayda 33-38°, 26 mayda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-25 mayda 30-35°, 26 mayda 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52400 | Инструменты