"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston bo'yicha 6-8- oktabr kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.
Kecha O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keldi, bugun esa nam havo massalari respublikamizning barcha hududlariga tarqalmoqda.
Bugun kunduzi va 7-oktabrga o‘tar kechasi hududning katta qismida bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechagi kunga nisbatan 6-8° ga past bo‘lib, 18-23° ni tashkil etadi.
Ertaga kunduzi nam havo massasi O‘zbekiston hududidan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat ertalabki soatlarda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni esa O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni 22-27° ni tashkil etadi.
Kechasi va ertalab salqin bo‘lishi kuzatiladi, havo harorati 9-14° atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6-8-oktabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 6-7-oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Poytaxtda: havo o‘zgarib turadi, 6-oktabrda va 7-oktabrda kechasi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 7-oktabrda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutimaydi. 8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 11-14°, kunduzi 6-oktabrda 21-23°, 7-8 oktabrda 23-26° bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51205 | Инструменты