Huawei 1
Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari bo'yicha texnik nazorat xizmatini ko'rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlar jalb qilinadi

Qarorga ko'ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida:

- 2024-yil 1-iyuldan avtomobil yo'llari va yo'l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashda qiymati 10 milliard so'mdan ortiq bo'lgan loyihalar bo'yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi;

- tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to'liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi;

- har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan obyektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo'yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.

Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari bo'yicha texnik nazorat xizmatini ko'rsatishga quyidagi obyektlarda autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi:

- 2025-yil 1-yanvardan – tajriba tariqasida qurilish (ta'mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida;

- 2026-yil 1-yanvardan – boshqa qurilish (ta'mirlash) obyektlarida (davlat sirlari bilan bog'liq bo'lgan obyektlar bundan mustasno).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga