Huawei 1
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar xalqaro bozorlarda xususiylashtiriladi

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to'g'risida”gi prezident qarori (PQ-145-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

- 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;

- 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o'tkazish.

2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg'i yetkazib berishning eng kam miqdori bo'yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e'lon qiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta'minlanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi belgilangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42520 | Инструменты