Dekabrda Toshkent shahridagi xonadonlarning ijara narxi oshdi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari dekabr oyida Toshkent shahridagi xonadonlar uchun ijara narxidagi o'zgarishlarni tahlil qildi.

Natijalar o'rtacha ijara narxi noyabr oyidagiga nisbatan oshgani, lekin oshish sur'ati sekinlashganini ko'rsatdi. Xususan, noyabrda narxlar oktyabr oyidagiga qaraganda 4,4% ga tushgan, ammo dekabrda 3,5% ga oshgan.

Narxlar Shayxontohur (10,6%), Mirobod (3,5%), Yunusobod (3,3%), tumanlarida oshgan bo'lsa, boshqa tumanlarda pasaygan.

Hududlar bo'yicha narxlar qancha bo'lgan?

"Oybek", "Toshkent", "Minor", "Buyuk ipak yo'li" metro bekatlari atrofida va Nukus ko'chasi bo'ylab joylashgan, yaxshi ta'mirlangan xonadonlar uchun 1000 AQSH dollaridan yuqori ijara narxlari taklif qilingan.

Chilonzor va Yunusobod tumanlarida ijara narxlari nisbatan pastroq, aniqrog'i ta'mirlangan xonadonlar uchun asosan 400-600 AQSH dollari atrofida ijara narxlari taklif etilmoqda.

O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar nisbatan kamroq bo'lib, ular asosan  Chilonzor va Yunusobod tumanlarida, shuningdek, Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasida joylashgan. Bu yerdagi xonadonlarning ijara narxi asosan 300-800 AQSH dollarini tashkil etadi.

Qimmat uylarni asosan qaysi qatlamdagi insonlar ijaraga olmoqda?

Ma'lumotlarga ko'ra, ijaraga beriladigan qimmat narxdagi xonadonlar odatda vaqtinchalik ishlash maqsadida kelayotgan chet el fuqarolariga taklif etilayapti. Ular qulay infratuzilmaga ega, transport qatnovi yaxshi va oziq-ovqat do'konlari yaqin bo'lgan hududlarda joylashgan.

Nisbatan arzon segmentdagi xonadonlarning ko'p emasligi va asosan ikkita tumanda taklif etilayotgani ijara bozorini rivojlantirish zarurati borligini ko'rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты