Huawei 1
Dekabrdan qoidabuzarlik uchun haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2022-yil 1-dekabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilarga jarima balllarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning  "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"giqarorida so'z borgan.

Hujjat quyidagilarni ta'minlaydi:

- har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

- hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

- muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

Bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari tayyorlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51311 | Инструменты