Huawei 1
Deputatlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga boʻlgan huquqini ta'minlashga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga boʻlgan huquqini ta'minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini taminlash, jazoni oʻtab chiqqanidan soʻng jamiyatga qayta moslashishiga koʻmaklashish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali oʻz yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali video-uchrashuv soni jazoni oʻtash tartibotiga qarab belgilanadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121721 | Инструменты