Huawei 1
Dog‘iston bilan baliqchilik va oyoq kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilinadi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultanov, Dog‘iston Respublikasi sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, sanoat sohasida tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dog‘iston Respublikasida har oyda 1 million kvadrat detsimetr charmga talab bor. Bu yirik hajmdagi ehtiyoj, asosan, poyabzal ishlab chiqarish, avtomobil sanoati, mebel sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi. Ushbu talablarga javob berish uchun O‘zbekiston charm sanoati o‘z mahsulotlarini yetkazib berishga tayyor va ikki tomonlama savdo hamkorligini kengaytirishda katta imkoniyatlar mavjud.

Uchrashuvda tomonlar maxsus poyabzal ustki qismlarini Dog‘istonga yetkazib berish, shuningdek, savdo uylarini ochish va omborxonalar tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi. Bu tashabbuslar O‘zbekistonning charm mahsulotlari uchun Dog‘iston bozorida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Dog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida biznes-turlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu tadbirlar orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalari yanada mustahkamlanadi va yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochiladi.

Uchrashuv, O‘zbekistonning charm sanoatini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi mumkin va Dog‘iston bozorida mamlakatimiz mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi, ikki tomonlama savdolarni sezilarli darajada oshirishga xizmat qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты