Doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
2022-yilning 1-oktyabr holatiga O'zbekiston tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar nomi e'lon qilindi. Bu bo'yicha Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga asosan, Gʻozg‘on shahri domiy aholi soni kamligi jihatidan birinchi o'rinda turibdi – 9,0 ming kishi.
Doimiy aholisi eng kam bo‘lgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
— Gʻozg‘on shahri – 9,0 ming kishi
— Tomdi tumani – 15,7 ming kishi
— Shirin shahri – 19,2 ming kishi
— Qorovulbozor tumani – 19,4 ming kishi
— Bo‘zatov tumani – 21,9 ming kishi
— Yangiobod tumani – 29,3 ming kishi
— Mo‘ynoq tumani – 33,4 ming kishi
— Konimex tumani – 37,2 ming kishi
— Uchquduq tumani – 38,9 ming kishi
— Ohangapon shahri – 40,5 ming kishi
Alpha version: 0.9.1.19 build 51502 | Инструменты