Dorixona xodimining xarid qilingan dorini qaytarib olmasligi va almashtirib bermasligi to'g'rimi?
Bugun AOKAda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova ishtirokida brifing o'tkazildi. Brifingda dori-darmon savdosi va aptekalar faoliyatiga oid savollarga javob qaytarildi.
Dorixona xodimining xarid qilingan dorini qaytarib olmasligi va almashtirib bermasligi to'g'rimi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son karori bilan tasdiqlangan (2 ilovasi) - Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalarining 39-bandiga ko'ra dorixonalardan realizatsiya kilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar kaytarib olinmaydi va shunga o'xshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40504 | Инструменты