Huawei 1
DXX: Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi

Yo‘l qurilishi hamda taʼmirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. o‘zganing ishonchiga kirib, unga “Toshkent-Boysun” avtoyo‘lini qurish va taʼmirlash loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming AQSH dollarilik qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmasini olib berish evaziga uning 10 foizini, yaʼni 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112020 | Инструменты