Huawei 1
Tamg‘alanmagan suv hisoblagichlar uchun jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi

Shu kunlarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil – Biznes-ombudsman tomonidan biznes vakillariga ko‘mak berish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Urganch Lazzat non” MCHJ, “Qo‘chqor bog‘bon” MCHJ va “Yavkach” MCHJ rahbarlari “Xorazm suv taʼminoti” AJ xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  

Qayd etilishicha, mazkur jamiyatlarda ichimlik suvini isteʼmol qilish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, ichimlik suv hisoblagichlarining davlat tamg‘asi yo‘qligi aniqlangan hamda jarima qo‘llash bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.  

Holat Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganilganda  suv hisoblagichlar “Xorazm suv taʼminoti” AJ xodimlari talabiga ko‘ra, yangisiga – masofadan uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlariga almashtirilgani, biroq,  inspektor tomonidan tamg‘a o‘rnatilmay qolib ketgani maʼlum bo‘ldi.  

Natijada yuqoridagi holatlarda tadbirkorlarning aybsizligi o‘z tasdig‘ini topib, tadbirkorlarga qo‘yilgan asossiz jarimalar bekor qilinishi taʼminlandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112020 | Инструменты