E-IJRO AUKSION tarixidagi eng qimmat yer uchastkasi savdoga chiqarildi
Toshkent shahri, Yashnobod tumani O'sh va Boku ko'chalari kesishuvida joylashgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanish uchun 1,99 gektar yer uchastkasi boshlang'ich narxi qariyb 22 mlrd.so'mlik narxda savdoga chiqarildi.
Uni sotib olgan g'olib ishtirokchi 24 oy mobaynida 50 milliard so'm miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyatini ham qabul qilib oladi.
Mazkur yer uchastkasida maktabgacha ta'lim muassasasi va 5 qavatgacha bo'lgan ko'p qavatli turar-joy binosi qurilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60302 | Инструменты