Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida tegishli hamkor tashkilotlar bilan yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi.
Sudlarning ijro varaqalariga asosan mamlakat hududiga noqonuniy olib kirilgan, tegishli hujjati va ruxsati mavjud bo‘lmagan, aksiz markasiz, shuningdek, qo‘lbola usulda tayyorlangan bir qator mahsulotlar yo‘q qilindi.
Joriy yilning 29-mart kuni o‘tkazilgan mazkur tadbirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar va Dehqonobod tuman sudining joriy yil mart oyidagi ijro varaqalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 185/1-moddasi va Jinoyat kodeksining 250/1-moddasi bilan sudlangan bir guruh huquqbuzarlardan daliliy ashyo tariqasida olingan 2.582 quti pirotexnika vositalari, 207 dona salyutlar va 157 quti “Milano London” “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlari, 1 (komplekt) “EGG-310-A” yozuvli tibbiyot apparati va shuningdek, Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-bandi bilan sudlangan I.Muqumovdan daliliy ashyo sifatida olingan 38 ta bo‘z echkiemar (Sredneaziatskiy seriy varan) terilari tegishli tartibda sindirish, bo‘laklash, yoqish va suvga bo‘ktirish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты