Huawei 1
Ecopark'ka olib boradigan yoʻl vaqtincha yopildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan “Ecopark”ga qadar bo‘lgan qismi va “Ecopark”dan Hamid Olimjon ko‘chasining Maxatma Gandi ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar qismi avtoulovlar uchun yopilgan.

Shuningdek,  “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari sababli “Ecopark”ning  “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidan kirish darvozalari vaqtinchalik yopildi. Bog‘ning asosiy kirish yo‘li Maxtumquli ko‘chasidan amalga oshirilmoqda.

"Yuqoridagi holatlar uchun uzr so‘raymiz va tez orada qurilish taʼmirlash ishlari yakunida, zamonaviy piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar va albatta madaniy hordiq chiqarish uchun ajoyib infratuzilmaga ega ko‘chada harakatlanish davom ettiriladi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92513 | Инструменты