Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 va 2023-yillar davomida olti yuzdan ortiq daraxtlarni kesishga ruxsatnomalar berilganligi, bunda kesilgan daraxtlar orasida qimmatbaho daraxtlarning borligi haqida ma’lumotlar joylashtirilganligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shu jihatdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Ekologik partiya fraksiyasi aʼzolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Partiya Chirchiq shahri “Shodlik” mahallasi Amir Temur ko‘chasi 192-uyda ro‘yxatdan o‘tgan Arena Cybersport masʼuliyati cheklangan jamiyati uchun boshqarma tomonidan berilgan 27 tup daraxt — 9 dona Sharq chinori, 2 tup soxta kashtan, 3 tup Androsov qayrag‘ochi, 3 tup aylanta, 3 tup terak va 7 tup Zarafshon archasini kesish ruxsatnomasini eʼlon qildi.
Ruxsatnoma 2023-yil 22-noyabrda berilgan va 2023-yil 31-dekabrgacha amal qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53109 | Инструменты