Huawei 1
Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” “Monsa” ustidan yirik g‘alaba qozondi

Italiya chempionatining 26-turida Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Monsa”ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

E’tiborlisi, rimliklarning ikkinchi golini Eldor Shomurodov kiritdi. 32-daqiqada qanotdan Soul uzatgan to‘pni Shomurodov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shomurodovdan tashqari “bo‘rilar” safida Salimakers, Anlexino va Brayan Kristante gol urdi.

70-daqiqada Shomurodov zaxiraga olindi va uning o‘rniga Leandro Paredes bahsni davom ettirdi. 

Shunday qilib, “Roma” ochkolari sonini 40 taga yetkazib, 9-o‘ringa mustahkam joylashdi. A Seriyada turnir jadvalini Milanning “Inter” klubi boshqarmoqda. “Neradzurrilar” hisobida 57 ochko mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22517 | Инструменты