Huawei 1
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida bolalarni ovqat yemagani uchun skotchlashgani haqida video xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi “First Daycare” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025 yil 21 fevral kuni tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlagani aniqlangan.

Bu voqeadan so‘ng tashkilot ma’muriyati tarbiyachi S.A., tarbiyachi yordamchisi X.M. lar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ular ishdan bo‘shatilgan.

Bildirilishicha, ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82601 | Инструменты