Huawei 1
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigadalarga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan brigadalarning inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganildi.

Xususan, Xiva shahri "Qiyot" MFYda 6 kV havo tarmog‘idagi yog‘och ustunlarni yangi temir beton ustunlarga almashtirish ishlarini olib borayotgan brigada xodimlar tarkibini to‘liq qilmasdan, tashkiliy va texnik tadbirlar bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoidalari ta’lablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.

Bu kabi holat Qo‘shko‘pir tumanidagi 4202-sonli hamda Xiva tumanidagi 3710-sonli transformator punktlarida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigadalarning ish faoiliyatida ham kuzatildi.

Mazkur holatlar yuzasidan brigadalar ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Ma’lumot o‘rnida: Energetika obyektlarida qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11719 | Инструменты