Qashqadaryolik F.Abdiyev 2023-yil 28-iyun kuni paxta titish korxonasida mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida vafot etgan. Biroq, vafotidan so‘ng uning oilasiga korxona tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilmagan.
Marhumning turmush o‘rtog‘i F.Usmonova korxona tomonidan to'lanishi lozim bo'lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to'lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan F.Usmonova foydasiga (o‘zi va voyaga yetmagan 2 nafar farzandi uchun) 126 million soʼm miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты