2026 yildan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlarida birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va bog‘cha psixologlari ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 740-son qarori bilan kasbiy sertifikatlash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlarda nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, stajyor-tarbiyachilar hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologlari bir yil muddatga ishga qabul qilinadi. Mazkur muddat yakunlangandan so‘ng kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajadagi ko‘rsatkichga erishgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda doimiy ravishda o‘qituvchi yoki psixolog-tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.
Ushbu o‘zgarishlar bog‘chalarda taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning kasbiy darajasiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga qaratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120112 | Инструменты