Huawei 1
Energotejamkor qurilmalarni o‘rnatganlarga tarifga nisbatan chegirma beriladi

Energotejamkor qurilmalarni o‘rnatgan iste’molchilarga tarifga nisbatan chegirma beriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Hukumatning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qarori bilan ulardan foydalanish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi.

Xususan, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15% chegirma beriladi.

Bunda iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, 

“O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda bu dasturning asoslanganligini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi.

Tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi.

Energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62617 | Инструменты