Huawei 1
“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2024/2025-o'quv yilidan:

— umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi;

— ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

2024-yil 1-dekabrgacha:

— o'quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo'yicha ilmiy asoslangan o'quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

— ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

2024-yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma'naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o'tkaziladi.

2025-yil yakunigacha ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92903 | Инструменты