Huawei 1
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti (Institut) tashkil etiladi.

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi”, “Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo'yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

2025/2026-o'quv yilidan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emosional ta'lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92903 | Инструменты