Huawei 1
Europol ishtirokida 219 nafar odam savdosi bilan shug'ullanuvchi qo'lga olindi

Muvofiqlashtirilgan xalqaro operatsiya doirasida Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikaning bir qancha davlatlarida fosh etilgan holatlarga aloqador bo‘lgan 219 nafar odam savdogarlari qo‘lga olindi va mingdan ortiq qurbonlar aniqlandi, deya xabar beradi Gaagada joylashgan Yevropa Ittifoqi Politsiya hamkorlik tashkiloti – Europol dushanba kungi hisobotda. 

Europol maʼlumotlariga koʻra, 3-iyundan 9-iyungacha boʻlgan davrda 39 mamlakatda jami 1374 nafar odam savdosi qurboni, jumladan, 153 nafar voyaga yetmaganlar shaxsi aniqlangan.

Qo‘lga olingan 219 nafar odam savdogarlari jinsiy ekspluatatsiya, majburlash va tilanchilikda ayblangan. O‘tkazilgan tadbirlar davomida jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 2074 dona mol-mulk, 363 dona qalbaki hujjatlar olib qo‘yildi.

Harakat haftasidan so'ng milliy hokimiyat organlari qo'shimcha jinoyatchilarni topish va ularning qurbonlarini aniqlash uchun 276 ta yangi tergov ishlarini boshladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92903 | Инструменты