Huawei 1
Maktab va bog'cha xodimlarini kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo'lga qo'yiladi

“Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

— maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta'lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik – malaka oshirish muassasasi – ta'lim tashkiloti) yo'lga qo'yiladi;

—  maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o'tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta'minlash maqsadida barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o'rta ta'lim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2024-yil 1-iyuldan maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarining xorijda malaka oshirish kurslarida o'qiganligi yoki stajirovkadan o'tganligi haqidagi hujjatlari (diplom, sertifikat, guvohnoma va boshqalar) milliy uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida malaka oshirganlik to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

2025-yil 1-yanvargacha Institut va Hududiy markazlarga kamida bir nafardan nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92903 | Инструменты