Huawei 1
Erkak 5 nafar bolaga bog‘idan dovucha uzgani uchun tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak voyaga yetmagan 5 nafar bolalarni uning bog‘idan dovucha uzgani uchun ularga zarar yetkazish bilan og‘zaki tahdid qilib qo‘rqitgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat hozirda Bolalar ombudsmani tomonidan IIV bilan birgalikda o‘rganilmoqda.

"Bu kabi nomaqbul harakatlar bolalarga nisbatan nafaqat ruhiy zo‘ravonlik va tahdid, balki bolaning sha’ni va qadr-qimmatini ommaviy tahqirlash ham hisoblanib, uning ruhiy-emotsional sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday noqonuniy harakat uchun tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilishi shart!", deya izoh bergan Bolalar ombudsmani ushbu holatga.

O‘rganish natijalariga ko‘ra holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41622 | Инструменты