Ertadan ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilar qabuli boshlanadi

Joriy yilning 1-iyulidan xalq ta'limi tizimidagi ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020-2021-o'quv yili uchun o'quvchilar qabuli jarayoni boshlanadi.

Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1 — 31-iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1 — 20-iyul kunlari qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga iqtidorli o'quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo'yicha o'tkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o'quvchilar qabuli bo'yicha tanlovlar avgust oyida oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so'ng o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini o'tkazish muddati o'zgartirilishi mumkin.




Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62206 | Инструменты