Huawei 1
Etil spirti ishlab chiqarishda davlat monopoliyasi bekor qilindi

O'zbekistonda etil spirti ishlab chiqarishda davlat monopoliyasi bekor qilindi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi”gi Farmonida so'z borgan

Ushbu hujjat bilan quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

- birinchidan, Prezidentning 2017 yil 17 yanvardagi Farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini buzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish huquqiga ega shaxslar doirasi kengaytirildi. Endilikda bunday qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan ham qabul qilinadi;

- ikkinchidan, Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi Farmonining 3-bandidan iste’mol etil spirti ishlab chiqarish davlat monopoliyasi o‘rnatilishi to‘g‘risidagi xatboshisi chiqarib tashlandi;

- uchinchidan, Prezidentning 2018 yil 24 noyabrdagi Farmonining 6-bandiga o‘zgartirish kiritish bilan investisiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyat yuritish tartibi hamda muayyan imtiyozlar berish tartibini belgilagan bandlarning amal qilish muddati 2024 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Ilgari bu muddat 2022 yil 1 yanvargacha belgilangan edi;

- to‘rtinchidan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarining xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini «nol» xarid qiymatida sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra kontraktni tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi bekor qilindi. Ushbu o‘zgartirishlar Prezidentning 2010 yil 28 iyuldagi Farmoniga kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты