“Ezgulik ranglari” xayriya ko'rgazmasi ochildi

10 noyabr kuni Autograph art galereyasida bolalarning noan'anaviy tarzda shishaga tushirilgan rasmlari ko'rgazmasi ochildi. Mualliflar – 23-sonli “Mehribonlik” uyining tarbiyalanuvchilari bo'lib, ular qog'ozda rasm chizgan bo'lsa, IMZO kompaniyasi ularni raqamlashtirib, maxsus texnologiya yordamida oynaga tushirgan. Rasmlar keramik bo'yoqlar bilan chizilgan bo'lib, shishaga eritib singdirilgan. Bu ularni nafaqat chiroyli, balki namlikka, kimyoviy moddalarga va ultrabinafsha nurlariga chidamli qiladi.

O'ttiz nafar tarbiyalanuvchi tomonidan chizilgan 50 ta rasm yorqin va hayot zavqiga to'la – ular ofis va xonadonga fayz beradi. Rasmlardan har birining narxi 100 000 so'm. Ushbu ijodiy ishlar sotuvidan tushgan barcha mablag'lar 23-sonli “Mehribonlik” uyining tarbiyalanuvchilari uchun yangi yil bayramini tashkillashtirish uchun sarf qilinadi.

Autograph art galereyasida rasmlar ko'rgazmasi 2020 yilning 10 dekabrgacha davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты