Huawei 1
Farg‘onada dahshatli YTH oqibatida 2 ayol vafot etdi

21-noyabr kuni ertalab 8:20 larda Uchko‘prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 23 yoshli haydovchi Sh.E “Isuzi” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan Damas bilan to‘qnashdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasi yo‘lovchilari 1987-y.t. M.D va 1988-y.t. G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 

Shuningdek, hodisa oqibatida yana 2 nafar voyaga yetmagan qizlar, 1 nafar ayol va haydovchi, jami 4 nafar shaxslar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlar soni ko‘proq bo‘lgani va bolalar ham vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Farg‘ona viloyati IIB matbuot kotibi YTHda bolalar vafot etganini rad qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты